Bayden Lula da Silvani Vashingtonga taklif qildi
AQSH Prezidenti Jo Bayden Braziliya yetakchisi Luis Inasiu Lula da Silva bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
“Bayden Qo‘shma Shtatlar Braziliya demokratiyasini va xalqining irodasini to‘la qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Prezident mamlakat poytaxtidagi tartibsizliklar natijasida demokratik institutlarga qilingan zo‘ravonlik va hujumlarni qoraladi”.
“Amerika yetakchisi Braziliya rahbarini fevral oyi boshida Vashingtonga tashrif buyurishga taklif qildi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ikki davlat rahbarlari, shuningdek, “iqlim o‘zgarishi, itisodiy rivojlanish hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash” kabi masalalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
O‘zA