Barno opaning oilaviy korxonasi
Navoiy shahridagi “Navoiy Marjona kelajagi” oilaviy korxonasi “Go‘zallik saloni”, oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexini o‘z ichiga olgan majmua tashkil etib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Navoiy shahridagi “Navoiy Marjona kelajagi” oilaviy korxonasi “Go‘zallik saloni”, oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexini o‘z ichiga olgan majmua tashkil etib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida hududlar infratuzilmasi yaxshilanib, iqtisodiy salohiyati yuksalmoqda, eng muhimi, aholi farovonligi oshmoqda.
Navoiy viloyatida 192 oilaviy korxona samarali faoliyat ko‘rsatayotir.
“Navoiy Marjona kelajagi” oilaviy korxonasida mehnat qilayotgan o‘ndan ziyod ishchining asosiy qismi kollej bitiruvchilaridir.
– Bulturgi daromadimiz va tijorat bankining imtiyozli krediti hisobiga korxona tarkibida tikuv sexi ochdik, – deydi korxona rahbari Barno O‘roqova. – Xorijdan zamonaviy, avtomatlashtirilgan tikuv dastgohlari keltirib o‘rnatdik va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Ayni paytda bolalar, erkaklar va ayollar kiyimlari, turli trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda.
Joriy yildan boshlab yangi dizayn asosida bolalar va ayollar kiyimi hamda sumka tayyorlash o‘zlashtirildi. Korxona mahsulotlari shahar markazidagi do‘konlarda sotilmoqda.