"Barkamol avlod" bahslari Namanganda davom yetadi
Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari qoidalari va talablari bo‘yicha o‘tkazib kelinadigan "Barkamol avlod" sport musobaqalarining respublika final bosqichi Namangan viloyati mezbonligida davom yetadi.
Xabaringiz bor, mamlakatimizda olimpiya o‘yinlari qoidalari va talablari asosida o‘tkazib kelinayotgan "Barkamol avlod" sport musobaqalarining final bosqichidan o‘rin olgan 12 ta sport turining 6 ta yo‘nalishida musobaqalar yakuniga yetdi.
Ertaga, 4 mart kuni final bosqichining yettinchi musobaqasi bo‘lgan gandbol bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi final o‘yinlari Namangan shahrida start oladi.
Hududiy bosqichlarda eng kuchli ekanliklarini namoyish etgan Toshkent shahri, Samarqand, Andijon va Navoiy viloyatlari terma jamoalari ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha o‘tkazilgan 6 ta sport turi bo‘yicha o‘tgan bahslardan so‘ng "Barkamol avlod" festivalining respublika bosqichida Xorazm viloyati vakillari 66 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
2-o‘rinda 65 ochko to‘plagan Samarqand viloyati terma jamoasi joylashgan bo‘lsa, 3-o‘rinni 63 ochko bilan Buxoro va Farg‘ona viloyati jamoalari egallab turibdi.
O‘zA.