Barchasi sabru qanoatga bogʻliq
Buxoro viloyatining Shofirkon tumani epidemiologik vaziyat jihatidan “qizil” hudud hisoblanadi.
Buxoro viloyatining Shofirkon tumani epidemiologik vaziyat jihatidan “qizil” hudud hisoblanadi.
Ayni kunda tuman markazidagi Xoʻja Orif, “Bobohaydar” mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi qishloqlar aholisi uy karantiniga olingan.
Tumanda tashkil etilgan koronavirusga qarshi kurashish maxsus shtabi aʼzolari tomonidan hududdagi bir qator tibbiyot muassasalari xodimlari tomonidan joylarda tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda. Tumanda tashkil etilgan ishchi guruhi aʼzolari tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 47- va 50-sonli qishloq oilaviy poliklinikalari hamda «Tezguzar» mahalla fuqarolar yigʻinidagi qishloq vrachlik punkti jamoasi bilan pandemiya davrida olib borilishi kerak boʻlgan sanitariya-epidemiologiya holati boʻyicha tushuntirish ishlarini olib bordi.
Jamoalardagi yuzdan ortiq vrach hamda hamshiraning “COVID-19” infeksiyasiga doir bilim va koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi. Oʻquvlarda tez tibbiy yordamga ehtiyoj sezgan fuqarolar bilan ishlash, ayniqsa, pandemiya sharoitida oʻta xavfli infeksion kasallik alomatlari bilan ogʻrigan bemorlar, yaʼni tana harorati 37 darajadan yuqori boʻlganlarni alohida izolyatsiyaga olish, boshqa kasalliklar bilan differensial diagnostika qilish hamda kasallik kechishiga qarab, ularni kasalxona yoki uy sharoitiga olish, shuningdek, uy karantinidagi fuqarolarga dezinfeksiya tadbirlarini muntazam yoʻlga qoʻyish kabi jihatlar boʻyicha keng tushuntirish ishlari va muhokamalar qilindi.
Tibbiyot xodimlarining saʼy-harakati, joylarda targʻibot-tushuntirish ishlarini yana-da kuchaytirilishi mazkur kasallikning oldini olish, tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka xizmat qilmoqda.