Bankdan olingan kredit qoplab berildi
Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi “A.B.SAXOVATI” MCHJ tomonidan AT “Xalq banki”dan jami 100 470 AQSH dollari miqdoridagi kredit olib, “HOWO” rusumli avtotransport vositasini garovga qo‘ygan.
Qarzdor olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarmaganligi va kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi sababli, FIB Buxoro tumanlararo sudining 2021 yil 5 maydagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “A.B.SAXOVATI” MCHJ tomonidan AT “Xalq banki” foydasiga jami 100 470 AQSH dollari miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan “HOWO” avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.
–Ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Buxoro tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi va ijro harakatlariga kirishildi, – deydi MIB Buxoro tuman bo‘limi boshlig‘i Sanjar Sharopov. – Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxona tomonidan garovga qo‘yilgan avtomashina to‘lov amalga oshirilmasligi maqsadida qasddan yashirilib, bir muddat paysalga solinib kelindi.
Byuro xodimlarining qarzdorlikni undirish bo‘yicha olib borgan sa’y-harakatlari natijasida ushbu avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Qidiruv natijasiga ko‘ra avtomashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Qarzdor korxona tomonidan qarzdorlikni to‘lamaslik borasida barcha harakatlari samara bermaganidan keyin, 100.470 AQSH dollari qarzdorlik qoplab berildi.
Zarif Komilov, O‘zA