Bank xizmati rivojlanmoqda
“ASIA ALLIANCE BANK”ning Farg‘ona viloyati filiali ish boshladi.
“ASIA ALLIANCE BANK”ning Farg‘ona viloyati filiali ish boshladi.
O‘n yil muqaddam tashkil etilgan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB hududlarda o‘z filiallarini kengaytirib, ular orqali mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari taqdim etmoqda.
Yaqinda bank Farg‘ona shahrining markaziy va aholi zich joylashgan tumanlaridan birida mijozlar uchun Farg‘ona filialini ochdi. Filial binosining qulay joylashuvi, shinam sharoitlar, katta yopiq avtoturargoh mijozlar e’tiborini tortmoqda. Aholi uchun malakali mutaxassislar va masofaviy kanallar tomonidan taqdim etiluvchi keng ko‘lamli bank xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratilgan.
O‘rnatilgan bankomatlar yordamida so‘m va valyuta plastik kartalaridan naqd pul yechib olish, pulni ayirboshlash mumkin. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi orqali onlayn tarzda pul tushumini topshirish, “ASIA ALLIANCE BANK” tizimida ochilgan pul mablag‘larini so‘ndirish va plastik kartalarga pul to‘ldirish mumkin.
Pudratchi tashkilot – “Vodiy biznes savdo invest” MChJ tomonidan zamonaviy me’morchilik talablari asosida barpo etilgan muassasada xodimlar va mijozlar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan.



