Bangladesh samolyoti halokatga uchradi
Bangladeshning “Biman” aviakompaniyasiga tegishli samolyot Myanma aeroportida halokatga uchradi.
Bangladeshning “Biman” aviakompaniyasiga tegishli samolyot Myanma aeroportida halokatga uchradi.
Sinxua agentligi maʼlumotlariga koʻra, Yangona xalqaro aeroporti qoʻnish yoʻlagida harakatlanayotgan samolyot uch qismga boʻlinib ketgan. Hozircha jabrlanganlar haqida maʼlumot yoʻq.
Ayni vaqtda samolyot halokatga uchragan aeroport yopib qoʻyilgan.
“Daily Star” nashri xabariga koʻra, samolyot bortida 33 nafar yoʻlovchi boʻlgan.