Bandlik va farovonlik omili
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Balandmajid” mahalla fuqarolar yig‘inida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ortib borishi aholi bandligi va turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda
O‘nga yaqin yoshlar mehnat qilayotgan tadbirkor Yusufjon Idirisovning “Muhibillo qandolat” oilaviy korxonasida yigirma turdagi qandolat mahsulotlari tayyorlanmoqda. Mahsulotning asosiy qismi bolalar bog‘chalari, shifoxona, ta’lim muassasalari va savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda.