Bajarilgan ishlar davlat tilida hujjatlashtirildi
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va uning filiallarida joylardagi o‘lchashlar aniqligi va bir xilligini ta’minlash borasida faoliyatidan kelib chiqib tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan doimiy hamkorlikda faoliyat yuritishadi.
Institutning Surxondaryo filiali metrologlari ham shu taxlitda ishlar olib borishadi. Yaqinda filial metrologlari va «Petromaruz O‘zbekiston» MCHJda bo‘lib o‘lchashlarning to‘g‘ri va aniqligini belgilashdi.
«Surxondaryodonmahsulotlari» AJdagi jami 298 dona geometrik, massa, bosim va harorat kattaliklari o‘lchash vositalari qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazildi. Xuddi shunday «Petromaruz O‘zbekiston» MCHJda ham 30dan ortiq bosim o‘lchash vositalari qiyoslandi.

Sayyor metrologik xizmatlar davomida barcha bajarilgan ishlar bo‘yicha hujjatlar davlat tilida to‘ldirilib, hamkorlarga taqdim qilindi, deya xabar beradi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Matbuot xizmati.
O‘zA