FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda viloyatdagi IIB, Qo‘riqlash, Milliy gvardiya, FVB, Bojxona boshqarmalari, Janubiy operativ qo‘mondonligi va boshqa harbiy tuzilmalarning ishtirokchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro bahslashdi.
Sohibqiron hayoti va “Temur tuzuklari” asari asosida tuzilgan savollar asosida jamoalarning bilimi sinovdan o‘tkazildi.
Qizg‘in va o‘zaro bahs-munozaraga boy tarzda kechgan intellektual o‘yinning yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rin Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi jamoasiga nasib etdi. Viloyat Bojxona boshqarmasi jamoasi ikkinchi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-22727]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA