Bahodirning g‘alabasi –O‘zbekistonning tantanasi
Hamyurtimiz Bahodir Jalolov professional boskdagi 11 jangni 11 g‘alaba bilan qarshiladi.
Bugun 11 iyun kuni erta tongda AQSHning Verona shahrida Dibella Entertainment kompaniyasi tomonidan professional boks bo‘yicha Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov va belgiyalik Jek Mulovayi o‘rtasidagi jangi tashkil etildi.
Jahon boks ixlosmandlarining diqqat markazida bo‘lgan mazkur super og‘ir vazn toifasida o‘tgan sakkiz raundlik jangda hamyurtimiz Bahodir Jalolov belgiyalik Jek Mulovayiga qarshi ishonchli va mardonavor harakat qildi.
Ilk raundlardagi ustunlik, 5-raunddan boshlangan zarbalar “do‘li” 7-raundda Jekni nakdaunga uchrashiga olib keldi. Jalolovning yaqqol ustunligi 8-raundda davom etdi va so‘nggi daqiqalarda Bahodirning kuchli zarbasi faoliyati mobaynida bunday nakautga uchramagan belgiyalik charm qulqop ustasini muvozanatdan chiqardi hamda iste’dodli bokschimizning g‘alabasini ta’minladi.
Aytish lozim, shu paytgacha Jalolov bilan jang qilgan bokschilarning birontasi u bilan Jek Mulovayi kabi 8 raund jang o‘tkazmagandi.
Ushbu g‘alaba Bahodirni professional boksdagi yangi ko‘tarilshga olib kelsa ajab emas. Bu, O‘zbek boksining jahon professional ringida yorqin tanatanalari sari tashlagan ishonchli va muhim qadami bo‘ldi. G‘alabang muborak bo‘lsin Jalolov!
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA