BAA gumanitar va investitsiya tizimini kuchaytirmoqda
Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Dubay gumanitar boshqaruvi direktorlar kengashining yangi tarkibini tasdiqladi. Yangi kengashga Muhammad Ibrohim ash-Shayboniy rais etib tayinlandi.
Axborot hamkorimiz - “WAM” yozishicha, dunyodagi eng yirik gumanitar markaz hisoblangan mazkur tuzilma xalqaro tashkilotlar, nodavlat muassasalar va xususiy kompaniyalar ishtirokida global inqirozlarga tezkor javob qaytarishni muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, BAA Xalqaro investitsiyalar kengashi ham yangi rahbariyat tarkibini to‘liq shakllantirdi. O‘lka savdo vaziri Taniy bin Ahmad az-Zayyudiy raisligida o‘tgan yig‘ilishda bosh kotib va rais o‘rinbosarlari tayinlandi, boshqaruv tizimi tasdiqlandi.
Kengash amirlik kompaniyalarining xorijdagi sarmoyalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi bozorlarga chiqish va investitsiya hamkorligini kengaytirishga e’tibor qaratadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA