Azimova Dilobarxon Berdiali qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ingliz va o‘zbek tillarida fonologik/fonetik sath birliklari paradigmalarini shakllantirishda belgi gradatsiyasining voqelanishi” mavzusida
Azimova Dilobarxon Berdiali qizining 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida fonologik/fonetik sath birliklari paradigmalarini shakllantirishda belgi gradatsiyasining voqelanishi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qo‘qon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026 yil 8-avgust kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150700, Qo‘qon shahri, Turon ko‘chasi, 23-uy.
Tel: (99873) 542-38-38; faks: (99873) 542-11-43
e-mail: kokandsu@exat.uz