Ayollar futboli: “Bunyodkor-W” peshqadam
Ayollar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasida navbatdagi 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning amaldagi chempioni va kubogi sohibi Jizzaxning “So‘g‘diyona-Women” jamoasi o‘z maydonida Toshkent shahrining “Lokomotiv-Women” klubi xotin-qizldarini qabul qilib, yirik – 8:0 hisobida zafar quchdi.
Jizzaxlik futbolchi qizlardan – Diyora Habibullayeva 4 marta, Dildora Ergasheva 2 bora, Zarina Mamatkarimova, Shahnoza Qurbonova 1 martadan toshkentliklar darvozasiga gol kiritib, hisobni yirik – 8:0 bo‘lishini ta’minladi.

Turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan Toshkentning “Bunyodkor-W” jamoasi Olmaliqda mahalliy AGMK-W ustidan irodali g‘alabaga erishdi. AGMK-W — “Bunyodkor-W” yakuniy hisob – 2:3.
4-turning qolgan o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi: “Sevinch-W” (Qarshi) — “Qizilqum-W” (Navoiy) – 5:1, “Neftchi-W” (Farg‘ona) — “Metallurg-W” (Bekobod) – 0:1, “Paxtakor-W” (Toshkent) — “Navbahor-W” (Namangan) – 1:1.
O‘tkazilgan 4 ta turdan so‘ng, toshkentning “Bunyodkor-W” jamoasi 12 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalini boshqarib turibdi. Ulardan kiyingi o‘rinlarda borayotgan Qarshining “Sevinch-W” hamda Jizzaxning “So‘g‘diyona-W”klublari hisobida 10 tadan ochko mavjud.
A.Qayumov, O‘zA