Ayol o‘qituvchi va xodimalar “Vazir kubogi” uchun maydonga tushdi
Termiz shahridagi 26-maktabda ayol ustozlar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvning quyi bosqichlarida viloyatdagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarining jamoalari o‘zaro kuch sinashib, sportning voleybol turi bo‘yicha chaqqonlik, sezgirlik, tezkor qaror qabul qilish va vaziyatni baholash qobiliyatlarini namoyish etdi.

Musobaqaning viloyat bosqichida tumanlar va Termiz shahri bellashuvlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 ta eng kuchli jamoa maydonga tushib, uning mamlakat bosqichi yo‘llanmasi uchun o‘zaro bellashdi.
Murosasiz, qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan musobaqada jamoaviy birdamlik, sportga bo‘lgan mehr va yuqori tayyorgarlik fazilatlari o‘z ifodasini topdi.

Bellashuv yakunida Termiz shahridagi 9-maktab jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Sho‘rchi tumanidagi 13-maktab va uchinchi o‘rin Sherobod tumanidagi 11-maktabning basketbolchi ayol ustozlariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga kubok, diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri