Axsikentdan Somoniylar hukmdorlari muhri topildi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent yodgorligidan 1086 yil avval ishlangan Somoniylar hukmdorlari muhri topildi.
Muhr atrofiga “La ilaha illaloh, al Malikul Xaqqul mubin. Muhammadur rasululloh, Sodiqul, va’dil amiynu” kalimasi bitilgan bo‘lib, o‘rtasida “Hasbiyalloh” va hijriy sana 322, deb yozilgan.
Somoniy hukmdorlari muhri 514-raqamli eksponat sifatida ro‘yxatga kiritilib, Axsi sayyidlari ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi tarkibidagi Osori-atiqalar muzeyidan joy oldi.
[gallery-576]
Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA