Atigi uch soat: yuz yoshli otaxon Prezident bilan suhbatdan so‘ng avtomobil sohibiga aylandi (+video)
9-may – Xotira va qadrlash kuni
Bugungi kun bekobodlik yuz yoshli Hasanboy ota Xalmatovning farzandlari xotirasida yorqin sahifa bo‘lib muhrlandi.
Hammasi Qurolli Kuchlar Bosh harbiy klinik gospitalidagi samimiy muloqotdan boshlandi. Davlat rahbari bu yerda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari bilan suhbatlashdi.
Bu muloqotda Hasanboy ota ham bor edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev asr bilan yuzlashgan nuroniyning qo‘lini tutib, ko‘rsatgan jasorati uchun minnatdorlik bildirdi.
[gallery-29305]
Davlatimiz rahbari bilan xayrlashuvdan ko‘p o‘tmay, Hasanboy otaga Prezident sovg‘asi – eng zamonaviy elektromobil kaliti topshirildi.
Aslida, bu yerda gap faqat qimmatbaho ulov haqida ketmayapti. Bu mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashning, yurt tinchligi va kelajagi uchun qahramonlik ko‘rsatgan insonlarga bo‘lgan cheksiz ehtiromning yorqin namunasi sanaladi.
Hasanboy ota duoga qo‘l ochar ekan, osmoni musaffo, inson qadri ulug‘ yurtda yashayotgani uchun shukronalar aytdi.
Ushbu quvonchli voqea munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qtZws4OcMg8" title="Atigi uch soat: yuz yoshli otaxon Prezident bilan suhbatdan so‘ng avtomobil sohibiga aylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ikrom AVVALBOEV, Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA muxbirlari