“Asaka” bank tadbirkorlarning ishonchli hamkori
“Asaka” bank aksiyadorlik tijorat banki ham tadbirkorlarning yirik-yirik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilishda asosiy hamkorlardan biri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Har bir mijozning ehtiyojlarini tushunish va qanoatlantirish, iqtisodning turli sohasida faoliyat koʻrsatuvchi yirik korxonalardan boshlab, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining talablariga javob berish tijorat banklarining muhim vazifalaridan sanaladi.
“Asaka” bank aksiyadorlik tijorat banki ham tadbirkorlarning yirik-yirik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilishda asosiy hamkorlardan biri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
“Asaka“ bank respublika boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Surʼat Zokirovning Qashqadaryo viloyatida oʻtkazgan sayyor qabuli ham viloyatlik tadbirkorlarni qiynab kelayotgan koʻplab muammolarga ijobiy yechim topilishiga xizmat qildi.
– Tadbirkorlik faoliyatimizni 2010-yilda boshlaganmiz, – deydi Chiroqchi tumanidagi “Xizmat savdo servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Jamoliddin Meyliyev. – Shundan buyon “Asaka bank” Qashqadaryo viloyat filiali bilan samarali hamkorlik oʻrnatganmiz. Hozirgi kunda tikuvchilik seximizda 200 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan shartnoma asosida ishlaymiz. Oʻtgan yilda seximizda 8 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Joriy yilda ham faoliyatimiz samarali olib borishimiz uchun aylanma mablagʻga ehtiyojimiz bor edi. Bugungi sayyor qabulda bank rahbariyatiga shu masalada murojaat qildik. Ular muammomizni oʻrganib chiqib ijobiy hal qilib berishga vaʼda berishdi. Bundan mamnunmiz.
Sayyor qabul davomida tadbirkorlarga bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani, faoliyatni kengaytirish uchun koʻplab imkoniyatlar yaratib berilayotgani taʼkidlandi. Bank moliya sohasida olib borilayotgan islohotlar mohiyati tushuntirildi.
– Mehmonxona biznesi bilan shugʻullanamiz, - deydi Qarshi shahridagi “Sarbon LTD” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Elshod Qodirov. – Oʻttiz toʻqqiz oʻrinli mehmonxonamiz hozirda mijozlarga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Viloyatimizda turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida joriy yilda Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda yana bir yirik loyihani boshlab qoʻydik. Yaʼni qoʻshimcha 50 oʻrinli 4 yulduzli mehmonxona quryapmiz. Loyiha qiymati 6 milliard soʻm. Shundan 350 ming dollari Birlashgan Arab Amirliklari investitsiyasi hisoblanadi. “Asaka bank” Qashqadaryo viloyat filiali doimiy hamkorimiz. Bugungi sayyor qabulga mehmonxona uchun mebil jihozlari olish uchun 2 milliard soʻm kredit soʻrab murojaat qildik. Murojaatimiz qondiriladigan boʻldi. Nasib etsa, loyihamiz toʻliq amaliyotga tatbiq etilgach 95 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Qabul jarayonida tadbirkorlar xorijiy valyutalar asosida beriladigan kreditlar va ularning afzalligi xususida oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga ham yetarlicha maʼlumot olishdi.
Sayyor qabulda oʻzlarining taklif va muammolarini bildirgan koʻplab tadbirkorlarning masalasi ijobiy hal etildi.
Reklama huquqi asosida.