"Artist" loyihasining g‘oliblari aniqlandi
Poytaxtimizda “Artist” loyihasining navbatdagi mavsumi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, g‘oliblarni tabrikladi va taqdirladi.

To‘rt nafar ishtirokchi - Akmalxo‘ja Xolxo‘jayev, Ruxsora Otajonova, Yahyo G‘aniyev, Muhammadali Adilbayevlarga “Artist” loyihasi homiylari tomonidan avtomobillar sovg‘a qilindi.

Aytish kerakki, bu kabi loyihalar yosh iste’dodlarni xalqimizga yaqindan tanishtirishga xizmat qilmoqda.
N.Usmonova,
O‘zA