Armaniston Turkiya bilan munosabatni tiklash niyatida
Armaniston ikki davlat maxsus vakillari uchrashuvidan Turkiya bilan diplomatik munosabat tiklanishi, chegaralar ochishini kutadi.
“Armanpress” xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Vaan Unanyan ma’lumot bergan.
“Armaniston xuddi o‘tgan asr 90-yillaridagidek Turkiya bilan diplomatik muloqot tiklanishi, o‘sha davrda turk tomoni tashabbusi bilan yopib qo‘yilgan ikki davlat chegaralari ochilishini kutadi”, dedi Unanyan.
Armaniston va Turkiya maxsus vakillarining dastlabki uchrashuvi Moskvada bugun – 14 yanvar kuni o‘zaro tanishuv ko‘rinishida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.