“Ark travel”ning xizmat turlari kengaymoqda
Buxoro viloyatidagi koʻplab turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar ham yaratilgan imtiyozlardan toʻliq foydalanmoqda.
Prezidentimizning 2018-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini 2022-yilning 1-yanvariga qadar –mamlakatimiz hududiga olib kirilayotgan haydovchi bilan birgalikda 8 va undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan turizm toifasiga oid qator turdagi transport vositalari uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatga koʻra bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan.
Buxoro viloyatidagi koʻplab turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar ham yaratilgan imtiyozlardan toʻliq foydalanmoqda.
Viloyatdagi ilgʻor “Ark Travel” sayyohlik kompaniyasi tomonidan xizmatlar turini kengaytirish maqsadida, yaqinda Xitoy davlatining “Foton” brendi ostidagi 6 ta “Viyew” va 2 ta “Toano” rusumli mikroavtobuslari olib kelindi.
Taʼkidlash joizki, mazkur turistik avto ulovlar nafaqat, viloyatimizga qolaversa, yurtimiz boʻylab tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy mehmonlarga xizmat koʻrsatish sifatini yana-da yaxshilashda oʻz samarasini koʻrsatadi.