Argentina – Xitoy do‘stligi yili
Argentina va Xitoy yetakchilari Argentina infratizimi, energetika va transport sohasiga tatbiq etiluvchi qator loyihalar amaliyotini nazarda tutuvchi kelishuvga erishdi.
2022 yil Argentina – Xitoy do‘stligi yili, deb e’lon qilindi, deyiladi "La Nation" xabarida.
Tomonlar Ipak yo‘li Iqtisodiy hamkorligi va XXI asrdagi Dengiz Ipak yo‘li loyihalari doirasidagi hamkorlik bo‘yicha memorandumni qabul qilishgan.
Anglashuv memorandumi Argentina tashqi ishlar vaziri Santyago Kafero va Xitoy taraqqiyot va islohotlar Milliy komissiyasi raisi Xe Lifen ishtirokida imzolandi. Ikki davlat vakillari o‘zaro investitsiya muhitini rag‘batlantirishga kelishib olishgan.