AQSH Suriyada 200 nafar askarini qoldiradi
Oq uy rahbari Donald Tramp AQSH kuchlarini Suriyadan toʻliq olib chiqib ketish fikridan qaytganligini eʼlon qildi. Unga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Suriyada 200 nafar askarini qoldiradigan boʻldi.
Oq uy rahbari Donald Tramp AQSH kuchlarini Suriyadan toʻliq olib chiqib ketish fikridan qaytganligini eʼlon qildi. Unga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Suriyada 200 nafar askarini qoldiradigan boʻldi.2018 yilning dekabr oyida Tramp Suriyada ISHIDning tor-mor etilganligi va AQSHning 2000 nafar askari u yerdan olib chiqilishi haqida eʼlon qilgan edi. Ammo Donald Trampning ushbu qarori koʻplab Amerika siyosatchilarining noroziligiga sabab boʻldi va hatto uning oʻz Respublikachilar partiyasi aʼzolari ham unga qarshilik koʻrsatgan.
Qaror, Donald Tramp va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon oʻrtasidagi telefon orqali boʻlib oʻtgan suhbatdan keyin eʼlon qilindi. Oq Uy bayonotida ikki rahbar Suriya masalasida potensial xavfsiz zonani yaratish boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgani aytiladi.