AQSH razvedkasi: Rossiya NATO mamlakatiga hujum qilishi mumkin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin NATOning jamoaviy mudofaaga tayyorgarligini Alyans mamlakatlaridan biriga cheklangan hujum bilan sinab ko‘rishga urinishi mumkin, deya xabar tarqatdi “The Wall Street Journal” AQSH razvedkasi va rasmiylari yangi xulosasiga tayanib.
Ilgari Vashington Ukraina bilan urush davom etar ekan, Putin NATOni qo‘zg‘atmaydi deya taxmin qilgan edi. Binobarin, ayni taxmin yil boshida o‘zgargan. Amerikalik tahlilchilar fikricha, Rossiyaga bosim va Ukraina hal qiluvchi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Kreml Alyansning birligi va AQSH javobini sinab ko‘rish umidida xavfliroq harakatni amalga oshirishi mumkin.
Ehtimoliy ssenariy keng ko‘lamli kiber hujum va noma’lum qurolli guruhlar harakatidan tortib, NATO sharqiy qanotiga qisman bostirib kirishgacha bo‘lgan harakatni o‘z ichiga oladi. AQSH razvedka idoralari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan vaqt oralig‘i 2026-yil kuzidan 2029-yilgacha.
Quruqlik orqali bevosita bosqin ehtimoli past baholanmoqda. Tahlilchilar vaqt o‘tishi bilan bunday uslub ham ehtimoldan xoli emas, deb hisoblaydi.
S.Rahimov, O‘zA