Aql gimnastikasida kuchlilar aniqlandi
Toshkent viloyati Qibray tumanida shaxmat va shashka bo‘yicha “Biz aql-idrokli oilalarmiz” sport musobaqasining hududiy final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Qibray tumanida shaxmat va shashka bo‘yicha “Biz aql-idrokli oilalarmiz” sport musobaqasining hududiy final bosqichi bo‘lib o‘tdi.Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlandi.
Musobaqada yuzga yaqin oila vakillari o‘z iste’dodini sinovdan o‘tkazdi.
– Bugungi bellashuvlarda oilamizning birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi oson bo‘lmadi, – deydi oqqo‘rg‘onlik ishtirokchi Qaynar ota Boboyev. – Bahslar davomida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaganimiz g‘alabamizni ta’minladi. Ushbu turnir sabab shaxmatga qiziqishi yuqori bo‘lgan nabiralarimning o‘ziga ishonchi yanada ortdi. Shaxmatga qiziquvchi ko‘plab do‘stlar bilan tanishdi.
Musobaqa yakunida eng yaxshi natija qayd etgan oila vakillari va faol ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.