Anor qishda qanday saqlanishini bilasizmi? (Video)
Foziljon aka ko‘p yillardan buyon anorchilik bilan shug‘ullanib keladi. Aniqrog‘i otasidan dehqonchilikning hamma sir-asrorlarini o‘rgangan. Hozirda 8.5 gektar anor bog‘i bor. Bu bog‘ga Ertaki avgust, Qoradon, Ozarbayjon, Qayim singari anor navlarini ekkan. Bir necha turdagi anorlarni xorijga eksport qiladi.
Anorning bu turi omborxonaga sentyabr oyida olib kirilgan. Polietilen paketga solib hororati -1 darajadagi xonada saqlab keladilar
Quvada mingdan ziyod anorchilar bor. Ammo ular saqlaydigan anorlarning po‘stlog‘i tez sifatini yo‘qotadi. Foziljon aka esa anor saqlash sirini o‘rgandi, buning uchun naqd 3 yil vaqtini sarfladi. Hozirda esa anorning sifatini yo‘qotmasdan may oyigacha saqlashni biladi.
Foziljon akaning so‘zlariga qaraganda anor saqlash ombori alohida qurilishi kerak va bu xonada faqatgina anor saqlanadi xolos.
Sentyabr, oktyabr oylarida uzilgan anorlar tashqi bozorga 10-15 ming so‘mdan eksport qilinsa, saqlangan anorlarning narxi 4-5 baravar qimmatroq sotilishi mumkin.
Yorilgan, biroz bo‘lsada sifatini yo‘qotgan anorlar ham tashlab yuborilmaydi. Munisa aya Qurbonova bu borada tajribaliroq. Anor suvini siqib, undan sharbat tayyorlaydi. Anorning po‘stlog‘i va danagi ham yaqin kunlarda xorijga sotilishi mumkin. Chunki, bu borada buyurtma kelib tushgan. Foziljon aka 300 tonna anor saqlash omborini qurgan. Shuningdek, anor po‘stlog‘i va danagini quritib beruvchi texnalogiyani ham o‘rnatdi.
Endilikda Foziljon aka anorlarni yangi qurib bitkazgan korxonasida 6-7 oy davomida saqlashi mumkin. Qolaversa bu korxonada anor sharbati, xorijlik tadbirkorlar uchun
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/EwfsCEHSZ_8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe> Ahror Ziyatov. Zafar Ismoilov (Video)