Angliyalik investorlar Jizzaxda
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Angliyadan kelgan xorijiy investorlar bilan uchrashdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Abduvali Mustanov, Forish tumani hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Sa’dullayev va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Nufuzli mehmonlarga Jizzax viloyatining sanoat, qurilish, transport va boshqa sohalardagi salohiyati, ishchi kuchi xususida ham atroflicha axborot berildi. Uchrashuvda investorlarga viloyat hokimi tomonidan Forish tumanining “Egizbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sement hamda kafel ishlab chiqarish zavodi qurish loyihasi taklifi berildi.
Loyihaning umumiy qiymati 200 million AQSH dollarini tashkil etib, ushbu qurilajak korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 2 million tonnani tashkil etishi nazarda tutilgan.
Mazkur loyiha amalga oshirilgach 250 nafar mahalliy yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.
A.QAYUMOV, O‘zA