Andijonda volontyorlar maktabi ish boshladi
Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi qoshida yuzlab yoshlarni birlashtirgan «Volontyorlar maktabi» o‘z faoliyatini boshladi.
Volontyorlik harakati hozirda dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgan sohalardan biri bo‘lib, volontyorlar ko‘ngilli sifatida o‘zining shaxsiy manfaatidan tashqari jamiyatdagi muammolarni hal qilishga ko‘maklashadi. Bunda volontyorlar jamiyat, insonlarning turli muammolari yechimiga, ularning hayoti har tomonlama yaxshilanishiga xizmat qiluvchi turli loyihalar ustida ish olib boradi. Volontyorlik harakati yoshlarning mustaqil fikrlashini va ijtimoiy mas’uliyatini oshiradi. Bu orqali ular jamiyatning bir bo‘lagi ekanini his eta boshlaydi.
[gallery-2664]
Yoshlar oyligi doirasida mazkur maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda volontyorlar uchun maktabning mentor-trenerlari va malakali spikerlar tomonidan jamoa bilan ishlash, jamoaviy ahillikni oshirish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha treninglar tashkil etildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat) O‘zA