Andijonda CALL markazi ish boshladi
Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan CALL-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Fuqarolar koronavirus kasalligi bo‘yicha o‘zlarida tug‘ilgan har qanday savol yuzasidan markazga qo‘ng‘iroq qilib, savollariga batafsil javoblar olishi mumkin.
Bundan tashqari, test topshirish uchun nima qilish kerak, qayerga murojaat qilish mumkin? Shifokor maslahati yoki homilador ayolni xavfdan saqlash bo‘yicha zarur tavsiya olish zarurati tug‘ilsa, vaksina olishni istagan kishilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishlari mumkin.
Umuman, markazda qator telefonlar (74 228-25-67, 74-228-42-96, 74-228-26-14, 74-228-26-65, 74-228-25-46) orqali kasallik bilan bog‘liq yoki bu borada alohida har qanday savollarga ertalab 8.00 dan kech 20.00 gacha mutaxassislar, shifokorlar javob berib boradi.
Shu o‘rinda shifokorlar fuqarolarni xushyor bo‘lishga, o‘z salomatliklari, hayotlariga xavf solishi mumkin bo‘lgan kasallikka e’tiborsiz qaramaslikka, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirib qoladi.
F. UBAYDULLAEV, O‘zA