“Andijon farzandlari” – mamlakat bosqichida
Andijonda “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” yoshlar oyligi doirasida qator tadbirlar, sport musobaqalari, ijodiy va intellektual tanlovlar o‘kazilmoqda.
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talaba-yoshlarning nutqiy madaniyatini yuksaltirish, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida «Munozara» debat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchi jamoalar musobaqada “tasdiq” va “inkor” pozitsiyasida o‘z mahorat va iste’dodini sinovdan o‘tkazdi.

Qiziqarli va ishtirokchilar faolligida o‘tgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Andijon farzandlari» jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, turnirning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

F. UBAYDULLAEV,
Z.UMRZOQOV (surat),
O‘zA