Aliment to‘lashdan qochib yurgan otalar qamaldi
Buxoro viloyati MIB Jondor tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining 19.06.2001 yil 19 iyundagi ijro hujjatiga asosan qarzdor fuqaro Salim Xalilov ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining voyaga yetguniga qadar ta’minoti uchun undiruvchi fuqaro Lola Xusenovaga 3 yil 7 oy uchun hisoblangan 41,6 million so‘m aliment to‘lovlarini ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
–Bo‘lim binosida tashkil etilgan sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tumani sudi tomonidan S.Xalilovga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, – deydi MIB Jondor tumani bo‘limi davlat ijrochisi Bahodir Kenjayev.
Otalik mas’uliyatini his qilmayotgan aliment to‘lovchi qarzdorlar ijtimoiy hayotda ko‘plab uchraydi. Shu maqsadda, Majburiy ijro byurosi Jondor tumani bo‘limi binosida sud va prokuratura hamkorligida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan ma’muriy ishlar sayyor sud tartibida ko‘rib chiqildi.
Natijada qarzdor fuqaro M.J ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun undiruvchi fuqaro J.S. foydasiga 7 oy uchun 21,9 million so‘m, fuqaro T.N bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun undiruvchi fuqaro Q.Bga 28 oy mobaynida 17,1 million so‘m, fuqaro A.Yo bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun fuqaro R.Shga 5 oy uchun 11,4 million so‘m, fuqaro T.A ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun fuqaro H.Zga 11 oy uchun 9,2 million so‘m, fuqaro I.I bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun fuqaro X.Zga 5 oy uchun 9,1 million so‘m, fuqaro I.M ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun fuqaro S.Aga 7 oy uchun 7.3 million so‘m aliment pullarini ikki oydan ortiq muddatda to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegshili modasiga asosan ma’muriy qamoq jazolari tayinlandi.
Zarif Komilov, O‘zA