Aliment to‘lamagan ota poytaxtda qo‘lga tushdi
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashaydigan Sohib Karamatov(ism-sharifi o‘zgartirilgan)dan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining 2019 yil avgust oyidagi sud buyrug‘i bilan bir farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Lekin ota jigargo‘shasining moddiy ta’minoti uchun belgilangan mablag‘ni to‘lamay yurgan.
–Majburiy ijro byurosi Muzrabot tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor ota aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlab, qochib yurgani aniqlangan,¬ –deydi MIB viloyati boshqarmasi qidiruv shu’basi inspektori Ulug‘bek Haydarov.¬–2021 yil yanvar oyida unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan tezkor qidiruv natijasida aliment to‘lamagan ota 2016 yil fevral oyida Turkiya davlatiga chiqib ketgani aniqlangan. U “safari qarib” Turkiya davlatidan qaytgach, Toshkent shahrida ushlanib, Muzrabot tumaniga olib kelindi. Aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlagani sababli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudiga taqdim etildi.
Mazkur ish yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud majlisida 15 sutkaga qamalishni istamagan qarzdor ota 48 million so‘m aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi va jazodan ozod etildi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri