Albaniyada parlament saylovi bo‘lib o‘tdi
Albaniya Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovida hukmron Sotsialistlar partiyasi 50,1 foiz ovoz olgan, muxolifatchi Demokratik partiya esa 38,2 foiz ovozga ega bo‘lishgan.
140 o‘rinli Albaniya parlamentidan joy olish uchun 12 ta siyosiy partiya bloklari va koalitsiyalar kurash olib bordi. Bu galgi saylovda 3,6 million fuqaro ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan. Saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, ularning taxminan 48 foizi ovoz berishda ishtirok etgan.
Asosiy kurash 2013 yildan buyon parlamentda ko‘pchilikni tashkil etib kelayotgan Sotsialistik partiya bilan muxolifatchi demokratik partiya koalitsiyasi o‘rtasida kechgan. Ikkala siyosiy kuch ham Albaniyaning Yevropa Ittifoqi hamda NATO bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish tarafdori, lekin baribir ko‘p yillardan buyon bir-biriga ashaddiy raqib kuchlar bo‘lib qolmoqda.
Poytaxt Tirana shahri Meri Erion Veliay dushanba kuni tundayoq, hali saylov komissiyasi dastlabki ma’lumotlarni oshkor qilmasdan hukmron Sotsialistik partiya parlament saylovida g‘alaba qilganini e’lon qildi.