Aksiya O g‘oliblari taqdirlandi
O‘lkamizda Yangi yil shukuhi sezila boshlagan shu kunlarda yurtdoshlarimiz uchun turli tadbirlar, qiziqarli aksiyalar o‘tkazilmoqda.
O‘lkamizda Yangi yil shukuhi sezila boshlagan shu kunlarda yurtdoshlarimiz uchun turli tadbirlar, qiziqarli aksiyalar o‘tkazilmoqda.Poytaxtimizdagi «Afsona» savdo markazida «Zeleniy chay» kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan «Aksiya O» aksiyasi g‘oliblari taqdirlandi.

Aksiyaning dastlabki bosqichida Toshkent shahri va Toshkent viloyati vakillari qatnashdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad savdo hajmini oshirish, qolaversa, uzoq yillar davomida kompaniya xaridoriga aylangan is’temolchilarni maishiy texnika vositalari bilan mamnun qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir haqiqiy ma’nodagi bayramga aylanib ketdi. Nafaqat g‘oliblar, qolaversa, barcha yig‘ilganlarga bayram kayfiyati ulashildi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov va boshqa taniqli san’atkorlarning chiqishlari marosimga yanada ko‘tarinkilik olib kirdi.

Shuningdek, mehmonlar uchun qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, ularga ham kompaniya tomonidan changyutgich va dazmol kabi qimmatbaho buyumlar sovg‘a qilindi.
Bunday uzoq muddat davom etuvchi va katta sovrin jamg‘armasiga ega promoaksiya O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda.
Aksiya sovrin jamg‘armasi 1 000 ta avtomat kir yuvish mashinasi, 6 000 ta dazmol, 2 000 ta changyutgich va 3 millionta 250 grammli “Zeleniy chay” kir yuvish kukunidan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Bugunga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha 150 tadan ortiq maishiy texnika vositasi va 8 mingta kir yuvish kukuni g‘oliblari aniqlangan.
“Aksiya O”ning keyingi bosqichlarida viloyat g‘oliblarini taqdirlash rejalashtirilgan.
Reklama huquqi asosida.