Akademik eshkak eshuvchilar Tailandda zafar quchdi
Tailandda akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari 10 ta medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston sport sharafini ulug‘ladi.
Qit’a chempionatida eshkak eshuvchilarimiz Shahzod Nurmatov, Sobirjon Safaraliyev, Shehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Davrjon Davronov, Mehrojbek Mamatqulov, Abdullo Muhammadiyev, Shahboz Xolmirzayev, Behruz Safarov, Samandar Hamroqulov, Muhammad Toliboyev, Lazizbek Abdurashidov, Ramizjon Mustafoyev va Jonibek Mamadaliyevdan iborat terma jamoamiz a’zolari 1 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Osiyoning mahoratli sportchilari qatnashgan chempionat davomida vakillarimiz munosib natijaga erishish orqali kelgusi yili Xitoyda o‘tadigan Osiyo o‘yinlari hamda yana ikki yildan keyin bo‘ladigan "Parij-2024" olimpiadasi oldidan muhim tayyorgarlik bosqichini o‘tashdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA