Aholining tibbiy madaniyati yuksalmoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona tumani “Dilkusho” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi o‘rtasida sog‘lomlashtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, respublikamiz bo‘ylab, haftaning dushanba – stresslarga qarshi kurashish, seshanba – tuz va shakarni cheklash, chorshanba – tamakisiz kun, payshanba – sog‘lom ovqatlanish, juma – piyoda yurish hamda shanba – salomatlik kunlari sifatida sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Farg‘ona viloyatida ham aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish targ‘iboti, sog‘lom ovqatlanish yarmarkalari, “Tamakisiz hudud uchun ovoz beramiz!” aksiyalari, “Sog‘lom hayot uchun 5000 ming qadam” kabi jismoniy faollik tadbirlari tashkil etilmoqda.
Tadbir doirasida sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi, jismoniy faollik bo‘yicha o‘quvchilarni chiqishlari hamda mahalla aholisi ishtirokida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori bilan faol yurish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
[gallery-6810]
Shu kuni Farg‘ona shahar Shodiyona mahallasida ham Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi viloyat bo‘linmasi tomonidan amaliy tadbir tashkil etildi. Unda mahalla aholisi va hudud shifokorlari qatnashdi.
Tadbir davomida mutaxassislar zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik lozimligi haqida aholi o‘rtasida targ‘ibot olib bordi.
Muqimjon QODIROV, O‘zA