Aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining tibbiy-ijtimoiy markazi va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 6-oilaviy poliklinikasi hamkorligida tashkil etilgan aksiyada aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayoniga Yangi Kamolot mahallasi aholisi jalb etildi. 18 nafar fuqaro EKG ko‘rigidan o‘tkazildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 42 nafar aholiga bepul dori-darmonlar tarqatildi.
[gallery-11420]
– Shifokorlar mahallamizga kelib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi, - deydi fuqaro Laylo Yo‘ldosheva. – Tekshiruvda tegishli mutaxassislar ko‘rigidan o‘tdim. Salomatligimni yaxshilash uchun zarur tavsiya va maslahatlar, dori-darmonlar berishdi. Bizdek oddiy odamlarga ko‘rsatilgan e’tibordan boshimiz ko‘kka yetdi.
Tibbiy ko‘rik doirasida mahalla ahlining tibbiy-ijtimoiy muammolari muhokama qilindi. Shu bilan birga, shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot o‘tkazildi.
O‘zA fotomuxbiri
Otabek MIRSOATOV olgan suratlar.