Aholi farovonligi yo‘lidagi yangilanishlar
FOTOREPORTAJ
Janub gavhari sanalgan qadim Termiz shahri bugun zamon bilan hamnafas o‘zgarib bormoqda. Bir-biridan baland binolar, muhtasham inshootlar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish bilan birga, aholi turmush farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Termiz shahridagi “Farovon” massivida birgina o‘tgan 2021 yilning o‘zida 2 ta 7 qavatli, 126 xonadonli va 5 ta 9 qavatli, 564 xonadonli uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Natijada, 690 oila yangi uy-joyga ega bo‘ldi.
[gallery-6286]
Tabiiyki, aholi sonining oshishi hududda yangi ish joylari tashkil etish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishni taqozo etadi. Shu bois, yangi qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarning pastki qavatlari savdo va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilmoqda. Xususan, 690 ta xonadon negizida 57 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasi tashkil etilib, ularning har birida o‘rtacha 5 tadan ish o‘rni yaratilmoqda.
Bunyodkorlik ishlari joriy yilda ham davom etib, shaharning “Farovon” massivida 27 ta, “Tuproqqo‘rg‘on” va “Saxovat” massivlarida 38 ta ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilmoqda.
O‘zA fotomuxbiri
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar.