Aholi daromadini oshirish ustuvor e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Xonqa tumanida 44 ta mahalla mavjud bo‘lib, o‘zining joylashuvi hamda imkoniyatlari asosida har bir hududning o‘z drayveri shakllangan. Qaysidir mahalla ko‘chatchilik, dehqonchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan bo‘lsa, ayrim mahallalarda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlangan.
[gallery-17226]
Tumandagi Jannatmakon mahallasida 419 ta xonadon bor. Hudud aholisi asosan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, chorvachilik hamda parrandachilik bilan shug‘ullanadi. O‘tgan 2023-yil davomida mahallada ishsizlikni oldini olish hamda kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 1,5 milliard so‘mga yaqin kredit mablag‘i ajratildi va 150 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Bugun esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar do‘kon rastalaridan o‘rin olgan va bozori chaqqon.
Har bir xonadonda qo‘shimcha daromad manbai yaratish bugunning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu borada Xonqa tajribasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha esa manzilli ishlar olib borilmoqda.
Tuman hokimi Murodbek Davlatov ushbu jarayonda ko‘makchi bo‘ladigan ta’minotchilar bilan muloqot olib bordi. Xususan, xonadonlarda yetarli sharoit yaratishda asosiy vositalar, ya’ni asalari uyalari, tovuq hamda bedana kataklari bilan ta’minlash borasida duradgor ustalar fikri o‘rganildi. Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, bu kabi mahsulotlar hajmini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA