Afsonaviy Klint Istvud – 90 yoshda
Zamonaviy kinematografiyada kovboylarning eng mashhur timsoliga aylangan inson qutlugʻ 90 yoshga kiribdi.
Zamonaviy kinematografiyada kovboylarning eng mashhur timsoliga aylangan inson qutlugʻ 90 yoshga kiribdi. Buni qarangki, Klint Istvud hali-hamon ot egarida oʻzini qushdek yengil his etarkan. Bu haqda “Euronews” xabar tarqatgan.
Gollivud faxriysi oʻzining hayot yoʻlini juda erta topdi: oʻtgan asrning 50 yillari boshida kollejdagi oʻqishini tashlab, aktyorlik toʻgaragiga yozildi. Tez orada esa kinodagi ilk rolini qoʻlga kiritdi.
Italiyalik rejissyor Serjio Leone bilan uchrashuv yosh Klintning taqdirida tub burilish yasadi: uning uchta lentasida suratga tushgan yigit oʻzining ekrandagi haqiqiy obrazini – mard, chaqqon, doimo bir oʻzi raqiblarini yengishga hozir qahramonni kashf etdi.
Istvud - ommabop aktyorlar orasida noyob xislatlari bilan ajralib turadi. Masalan, u yoshi bir joyga borib qolganda oʻzini rejissurada sinab koʻrdi va xuddi ijrochiligida erishgan yutuqlari bilan taqqoslasa boʻladigan darajadagi natijalarga erisha oldi.
Uning “Sirli daryo”, “Million dollarlik chaqaloq”, “Zaxira” “Ivodzimadan maktublar” singari filmlari zamonaviy kinoning oltin fondidan joy egallagan.
Istvudning filmografiyasi ulkan, xuddi sanoqsiz mukofotlari kabi. Gollivud afsonasi toʻrt marta “Oskar”ga sazovor boʻlgan – 2 tasi eng yaxshi rejissyorlik ishi va yana 2 tasi eng yaxshi film uchun.