Adliya tizimi xodimlari rag‘batlantirildi
Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazida Adliya organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi, FHDYO va notarial idoralari vakillari, advokatlar palatasi xodimlari ishtirok etdi.

Bayram tadbirida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Kamolov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha tizimlardagi singari adliya sohasida ham o‘zining yorqin samaralarini berayotganini ta’kidlab, o‘tgan yillar davomida adliya xodimlari tomonidan sohada bir qator yutuqlarga erishilgani, qonun ijodkorligi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari hamda sohalardagi qo‘lga kiritilgan natijalar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Sohada erishgan yutuqlari uchun bir guruh adliya xodimlariga Adliya vazirligining 30 yilligi esdalik ko‘krak nishoni topshirildi.


A.Qayumov, J.Yorbekov (surat) O‘zA