Adabiyot yashasa, millat yashaydi
Buxoro viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan shahardagi 123-son imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Adabiyot yashasa, millat yashaydi” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida maktab-internat tarbiyalanuvchilari to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan maktab-internatga zamonaviy audiometriya apparati, 3 dona eshitish moslamalari va 200 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyotiga doir badiiy kitoblar topshirildi.

Viloyat prokuraturasi amaliy yordami bilan muassasaning 8 nafar fan o‘qituvchilari viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida malaka oshirilib, tegishli sertifikatlar berilishi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun, mazkur maktab-internatda jami 200 nafar, shundan 96 nafar kar va 104 nafar zaif eshituvchi o‘quvchilarga 67 nafar mutaxassis o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bermoqda.
Zarif Komilov, O‘zA