Sergey Rostovsev va Nikita Svetkov juftligi Osiyo o‘yinlarida uchinchi bo‘ldi
Yaponiyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining bugungi dasturida bir qator sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlanmoqda.
Xususan, velotrek bahslarining erkaklar o‘rtasidagi medison dasturida ishtirok etgan Sergey Rostovsev va Nikita Svetkov juftligi 45 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Afsuski, dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -90 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan sportchimiz Nurbek Murtazoyev bronza medal uchun bahsda Xitoy vakili Si Xanga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Birozdan so‘ng erkaklar o‘rtasida +100 kilogramm vazn toifasida Muzaffarbek To‘raboyev finalda Yaponiya vakili Xyoga Otaga qarshi tatamiga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA