Kundalik turmushda har birimiz iste’molchimiz. Har kuni nimadir xarid qilamiz, kommunal xizmatlardan foydalanamiz va ular uchun tegishli tartibda haq to‘laymiz.

Faraz qiling, siz savdo do‘konidan naqd pulga oilangiz ehtiyoji uchun biror buyum xarid qildingiz. Uyga kelib foydalanish jarayonida uning nuqsonli ekanligini bilib qoldingiz. Qanday yo‘l tutasiz? Savdo do‘koniga olib borib topshiraman deysizmi? Qo‘lingizda mahsulot uchun kassa cheki bormi? Yo‘q... Arzingizni kimga aytasiz?! Agarda siz xarid paytida kassa chekini olishni unutmaganingizda, bu muammoni tezda ijobiy hal qilishingiz mumkin edi.

Bugungi kunda iste’molchilarning muammo va murojaatlarini ijobiy hal etilishida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va uning hududiy birlashmasi hamda tuman va shahar jamiyatlari xodimlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Federatsiyaning Navoiy viloyati hududiy birlashmasi kengashining navbatdagi yig‘ilishida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlari ijrosi muhokama qilindi. Unda ta’kidlanganidek, joriy yilning 9 oyi davomida viloyat hududiy birlashmasi va tuman, shahar jamiyatlariga iste’molchilardan jami 403 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 98 tasi yozma va 305 tasi og‘zaki murojaatlardir.  

– Murojaatlarning 356 tasi, ya’ni 88,1 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga qariyb 1 milliard 826 million so‘m miqdorda yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar qaytarilishiga erishildi, – deydi birlashma raisi Tojiddin Eshmirzayev. – Murojaatlar tahlil etilganda ularning 220 tasi savdo, 34 tasi gaz, 13 tasi suv ta’minoti, 27 tasi kommunal xo‘jalik sohasi, 34 tasi xizmat ko‘rsatish va servis sohasi hamda 75 tasi boshqa sohalarga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.  

Tadbirda Navoiy shahar va Karmana tuman jamiyatlari raislarining 9 oy davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.  

Yig‘ilish so‘nggida aholining iste’molchi sifatida huquqiy madaniyatini yanada oshirish hamda hududiy birlashma, tuman, shahar jamiyatlarining ish faoliyatiga bog‘liq chora-tadbirlar belgilab olindi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9 oyda iste’molchilarga 1,8 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ qaytarildi