Joriy yilning 6 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada yaxshilash, davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari belgilab berildi.

Bu bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashadi va jamoatchilik nazorati yanada kuchaytiriladi.

Yuqoridagilarning amaliy ifodasi sifatida, Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ijtimoiy buyurtma shakllantirilgan edi. Unga ko‘ra xususiy tibbiyot tashkilotlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar (xususiy tibbiyot tashkilotlarining 85 foizi (7 284 tasi) qamrab olingan) o‘tkazilib, quyidagilar aniqlandi.

Xususiy tibbiyot tashkilotlari soni 2024 yil 1 yanvar holatiga 8 343 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yil 1 yanvarda 8 486 tani tashkil etgan.

Jumladan, 27,4 foizi (2000 tasi) amalda ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmayapti. 3 foizida (235 tasi) peshlavhalari mavjud emas. 47 foizida (3 428 tasi) tashqi reklama ob’ektlari joylashtirilgan. 20 foizida (1 460 tasi) axborotlar davlat tilida berilmagan. 61,5 foizida (4 483 tasi) xizmatlarning narxnomalari ko‘rsatilmagan. 

Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda, ayrim tibbiyot tashkilotlarining litsenziyasida mavjud bo‘lmagan faoliyat bilan ham shug‘ullanayotganlik holatlari aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan, to‘plangan ma’lumotlar belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun mutasaddi tashkilotlarga taqdim etildi.

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litsenziyasiz ishlayotgan xususiy tibbiyot klinikalari fosh etildi