6 dzyudochimiz Osiyo chempionligi uchun bellashadi
Xitoyning Ordos shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kunida o‘rta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi.
Jumladan, chempionatda erkaklar -73, 81 kg., ayollar esa -57, -63, -70 kg. vazn toifalarida tatamiga chiqadi. O‘zbekiston terma jamoasining quyidagi 6 nafar a’zosi bahslarga kiradi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi uchrashuvlari:
-57 kg: Shukurjon Aminova —Tsendbazar Mashbat (Mo‘g‘uliston)
-63 kg: Marjona Nurillayeva — Unnati Sharma (Hindiston)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva — Alina Moldokulova (Qirg‘iz Respublikasi)/Kim Haymi (Koreya Respublikasi)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Inunganbi Tahellambam (Hindiston)
-73 kg: Elbek Tojiyev — Li Yeun Kyul (Koreya Respublikasi)
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev — Li Kvok Ving (Gonkong)/Behruzi Hojazoda (Tojikiston)
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining birinchi kungi bellashuvlari natijasiga ko‘ra, 19 ta davlatning 200 nafarga yaqin dzyudochisi qatnashgan qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA