22 noyabr– Livan mustaqilligi kuni
Bugun Livan Respublikasi o‘z milliy bayrami – Mustaqillik kunini nishonlamoqda.
Mashhur aktyor, kino prodyusseri, rejissyor va musiqachi Kianu Rivz,“Qora oqqush”, “Tasodif aldangan”kabi bestsellerlar muallifi, olim,professor, matematik, treyder Nasim Nikolay Tolib, Gollivudning eng go‘zal ayollaridan biri, huquqshunos, aktyor Jorj Klunining rafiqasi Amal Kluni, Amerikaning “Forbs” jurnali ma’lumotiga ko‘ra dunyodagi eng boy odam, media-magnat, mobil aloqa tarmog‘i egasi, livanlik muhojirning o‘g‘li,meksikalik tadbirkor Karlos Slim Xelu, qo‘shiqchi Shakira (otasi livanlik), aktrisa, rejissyor Nodin Lobakiy...
Ildizi Livanga taqaladigan mashhurlar ro‘yxati uzun. Bu sehrli diyorning tarixi miloddan avvalgi 4 ming yillikka borib taqaladi.
Poytaxti Bayrut shahri hisoblanmish Livan Respublikasida matbuotga nisbatan cheklov Usmonlilar davrida avj olgan. Shuningdek, 1976 yil Suriya harbiylari maronit nasroniylari tomonidan mamlakatdagi fuqarolar urushiga aralashuvidan keyin ham tez-tez uchragan. 2012 yil holatiga ko‘ra, arab, ingliz, fransuz tillarida chop etilgangazetalarning 12 tasi arab tilida chiqqan.
“Hadiqat al-Axbor” – Livanning 1858 yil ilk bor nashr etilgan birinchi kundalik gazetasi hisoblanadi. 1858-1958 yillar oralig‘ida mamlakatda 200 ga yaqin gazeta bo‘lib, 1963 yilgacha bu raqam 400 dan oshgan. Afsuski, 1963 yilgi matbuot qonuni tufayli nashrlar 53 tagacha qisqargan.
Eng ommabopOAV– “An-Nahor” kundalik mustaqil siyosiy nashri, “Al-Axbor”, “Ad-Diyor” jamiyat yangiliklari va muammolari aks etadigan gazetalar, “Livan-24” internet nashri va portali, dunyo yangiliklaridan so‘zlovchi “Tayyr”, iqtisodiyot, biznes, sport va o‘yin-kulgiga ixtisoslashgan “Al-Manar” kabi qator nashrlar Livanningetakchinashrlaridir.
Livan Axborot vazirligiga qarashli rasmiy milliy axborot agentligi 1961yil tashkil etilgan.To‘rt – arab, fransuz, ingliz, ispan tillarida faoliyat yuritadi.Mamlakat yangiliklarining asosiy manbai sifatida barcha ommaviy axborot vositalari tomonidan tan olingan.Livanda va xorijda 30 ta vakolatxonasi bor Agentlik sohaga tegishli bir necha nufuzli ittifoq, assotsiatsiya, federatsiyalar a’zosi.
Livan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 30 dekabrda tan olgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida 1998 yil 22 oktyabrda diplomatiya munosabati o‘rnatilgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA