21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 21-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18, ba’zi joylarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18, ba’zi joylarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 27-32, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
O‘zA