200 nafardan ortiq kishi ishli bo‘ldi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Unda byudjet tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari korxonalari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad hududdagi ishsiz fuqarolarning, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlarini bitirayotgan yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik sub’ektlarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar, yoshlarning kelajagini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalishdi. Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 30 dan ortiq yirik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga kerakli mutaxassislarni topish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
[gallery-23660]
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA