“20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi asosida
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan “Elegant fiber” korxonasiga press-tur tashkil etildi.
Jurnalist va blogerlar bu yerda asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Korxona qoshida monomarkaz tashkil etilgan bo‘lib, ishsiz xotin-qizlarga tikuvchilik yo‘nalishida mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv davomida tikuvchilikni mukammal o‘rgangan opa-singillarimiz shu yerning o‘zida doimiy ishchi sifatida faoliyatini davom ettiradilar. O‘z navbatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlagani uchun tadbirkorga yuqoridagi dasturga ko‘ra belgilangan soliq imtiyozlari kafolatlangan hamda loyihani amalga oshirishi uchun 15 mlrd. so‘m bank krediti ajratiladi.
Korxonada ayni paytda 500 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan.
[gallery-12838]
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA